Asosiy qismga oʻtish
Toshkentda yaratilgan · 7 kun bepul

Har bir guruh, har bir toʻlov —bitta jurnalda.

Oʻqituvchi davomatni telefonidan belgilaydi. Siz kim kelganini, kim qarzdorligini va kassaga qancha tushganini hech kimdan soʻramasdan koʻrasiz.

Karta kerak emas — kiring va oʻzingiz koʻrib chiqing.

Quill nimalarni almashtiradi

  • Oʻquvchilar roʻyxati turgan Excel jadvalni
  • Qogʻoz davomat jurnalini
  • Ota-onalar savol beradigan guruh chatni
  • Qabulxonadagi kassa daftarini
  • Toʻlovni hisoblash uchun ochiladigan kalkulyatorni

Qabulxona qiladigan ish — bitta ekranda

Repetitorlik markazlari, til maktablari va imtihonga tayyorlov kurslari uchun — Oʻzbekistonda haqiqatda qanday ishlashiga qarab.

Davomatni kuzatish

Dars tugamasdan kim kelganini biling

Oʻqituvchi telefonida oylik jadvalni bosadi: keldi, kelmadi, kechikdi. Ota-ona shu daqiqada koʻradi.

Baholash tizimi

«Farzandim qanday oʻqiyapti?» — javobi raqamda

Testlar, uy ishi, imtihonlar. Har bir oʻquvchi va guruh boʻyicha oʻrtacha ball oʻquvchi sizda turgan davr uchun saqlanadi.

Toʻlovlar monitoringi

Kim qarzdorligini daftar ochmasdan koʻrish

Qabulxonada qismli toʻlovni kiritasiz — qoldiq hamma joyda qayta hisoblanadi. Muddati oʻtganlar oʻzi roʻyxatga chiqadi.

PDF hisobot kartalari

Ota-ona saqlab qoʻyadigan hisobot

Har bir oʻquvchiga bitta PDF: baholar, davomat foizi va toʻlovlar. Soʻralganda tayyorlanadi.

Excelʼdan yuklash
Bitta .xlsx dan yuzlab oʻquvchi — bir necha soniyada.
Koʻp tilli interfeys
Oʻzbek, rus va ingliz tili — markazga emas, har bir odamga alohida.
Maʼlumotlar izolyatsiyasi
Markazingizning yozuvlari interfeysda emas, maʼlumotlar bazasida ajratilgan.

Sozlash

Bir kechada sozlanadi

Oʻquvchilar roʻyxati va bir soatcha vaqt kerak. IT mutaxassisi kerak emas.

  1. Excel faylni yuklang

    Oʻzingizda bor .xlsx faylni tashlang. Ism, telefon, guruh — borligicha.

  2. Loginlarni tarqating

    Oʻqituvchi, ota-ona, oʻquvchi — har biriga oʻz kabineti. Hech narsa oʻrnatilmaydi.

  3. Belgilashni boshlang

    Birinchi darsdanoq davomat va toʻlovlar bir joyga tushadi.

Kim nimani koʻradi

Toʻrt xil odam — toʻrt xil ekran

Oʻqituvchi moliyani koʻrmaydi. Ota-ona faqat oʻz farzandini koʻradi. Bu menyuda emas, maʼlumotlar bazasining oʻzida cheklangan.

Rahbar

Kurslar, oʻqituvchilar va moliyaviy maʼlumotlarni toʻliq nazorat qilish. Tizim koʻrsatkichlarini kuzatish va guruhlarni boshqarish.

Toʻliq markaz analitikasi
Oʻqituvchilar, kurslar va oʻquvchilarni boshqarish
Moliyaviy tahlil va muddati oʻtgan qarzlar
Excel va PDF hisobotlarga eksport
quill.uz/admin/dashboard
Shu oyda yigʻilgan
112M
↑ 12%
Oʻquvchi
248
↑ 8
Guruh
17
bugun 3 ta
Muddati oʻtgan
3.4M
↓ 5%
Daromad — 12 oy

Narxi qancha

Roʻyxatdagi oʻquvchilar soniga qarab tanlang. Tarifni istagan vaqtda oʻzgartirasiz.

Barcha rejalarni solishtiring
Imkoniyatlar
Start
450 000 soʻm
≈ $35 / oyiga
Eng mashhur
Grow
780 000 soʻm
≈ $60 / oyiga
Pro
1 290 000 soʻm
≈ $100 / oyiga
Enterprise
Shartnomaviy
Kelishilgan
Oʻquvchilar soni100500Cheksiz
Davomatni kuzatishBorBorBor
Baholash tizimiBorBorBor
Toʻlovlar monitoringiBorBorBor
PDF hisobot kartalariBorBorBor
Koʻp tilli interfeysBorBorBor
Maʼlumotlar izolyatsiyasiBorBorBor
Excelʼdan yuklashYoʻqBorBor
Toʻliq markaz analitikasiYoʻqBorBor
Excel va PDF hisobotlarga eksportYoʻqBorBor
Ustuvor qoʻllab-quvvatlashYoʻqBorBor
Shaxsiy sozlash yordamiYoʻqYoʻqBor
Koʻp filialli hisoblarYoʻqYoʻqBor
Bepul sinab koʻrishBepul sinab koʻrishDemo soʻrash

Har bir tarifda 7 kun bepul · karta oldindan talab qilinmaydi

SMS bildirishnomalar alohida toʻlanadi: har bir SMS 200 soʻm, paketlar 500 tadan boshlanadi.

Koʻp beriladigan savollar

Yetti kun, kartasiz

Oʻquvchilar roʻyxatidan boshlang.

Oʻquvchilarni yuklang, oʻqituvchilarga login bering va bugun birinchi darsni belgilang.

Bepul boshlash →Mavjud markazga kirish